A2ZAPK

40 hadis. Imom an-Navaviy

40 hadis. Imom an-Navaviy

Downloads: 13059


Free

40 hadis. Imom an-Navaviy / Specifications

40 hadis. Imom an-Navaviy / Screenshots

40 hadis. Imom an-Navaviy Unknown
Loading... 40 hadis. Imom an-Navaviy Unknown
Loading... 40 hadis. Imom an-Navaviy Unknown
Loading... 40 hadis. Imom an-Navaviy Unknown
Loading... 40 hadis. Imom an-Navaviy Unknown
Loading... 40 hadis. Imom an-Navaviy Unknown
Loading... 40 hadis. Imom an-Navaviy Unknown
Loading... 40 hadis. Imom an-Navaviy Unknown
Loading... 40 hadis. Imom an-Navaviy Unknown
Loading... 40 hadis. Imom an-Navaviy Unknown

40 hadis. Imom an-Navaviy / Description

Ushbu dastur o'z ichiga:
1. 42 ta hadis
2. 42 ta hadis tarjimasi
3. 42 ta hadis arab tilida
4. 42 hadis audiosi
5. Qulay interfeys
6. Tungi rejim
7. Sevimli hadislarni alohida saqlash
8. Hadislarni boshqalar bilan baham ko'rish
imkoniyatlarni o'z ichiga oladi.

ARBA'IN HADIS
Yahyo ibn Sharofiddin ibn Murriy ibn Hasan
al-Hizomiy al-Huvroniy an-Navaviy
MUALLIF HAQIDA
Imom hofiz faqih muhaddis Yahyo ibn Sharofiddin ibn Murriy ibn Hasan al-Hizomiy alHuvroniy an-Navaviy Islom olamining mo‘‘tabar olimlaridan sanaladi. Kunyalari – Abu
Zakariyo laqablari Muhiddin. Ammo Allohga tavozu’ qilib Muhiddin deb laqablanishni
karih ko‘rganlar. Chunki din doimiy hayot va sobit bo‘lgan narsadir tiriltiruvchi kishiga
muhtoj emasdir deb aytardilar. («Muhiddin» – dinni tiriltiruvchi degan ma’noni
anglatadi.) Lahmiy u zot haqida: «Meni Muhiddin deb ataydiganlarni do‘st tutmayman
deb aytdilar» deydilar.
Imom Navaviy hijratning 631 yili muharram oyida Damashqdagi Navo shahrida dunyoga
keldilar. Yoshliklaridayoq Qur’onni yod oldilar. O’n to‘qqizga kirganlarida otalari
Damashqqa olib bordilar va «Ravohiya» madrasasiga joylashtirdilar. Maqsad ilm tahsilini
yanada kuchaytirish edi. Bu yerda Ishoq ibn Ahmad ibn Usmon Mag‘ribiy al-Maqdisiydan
fiqhni ta’lim oldilar Sheroziyning «Muhazzab» nomli kitoblarini o‘qib chiqdilar. Ishoq ibn
Ahmad u zotning fiqh ilmidagi birinchi ustozlari bo‘ldi. Navaviy hazratlari har kuni 12 xil
dars bilan mashg‘ul edilar. Orada tib bilan ham mashg‘ul bo‘lishga qasd qildilar. Lekin
Alloh taolo u zotni bu ilmdan burib qo‘ydi. Balki Damashqdagi «Dorul hadis alAshrafiya»da dars berishni nasib qildi. Bu hodisa hijratning 665 yili ro‘y berdi.
Imom Navaviy hazratlari nihoyatda taqvodor zohid parhezli kishi edilar. Biror soatlarini
Alloh toatidan boshqa ishga sarf qilmasdilar. Kechalarini ibodat va kitob tasnif etish bilan
o‘tkazardilar. Haq u kishi uchun hamma narsadan ustun edi. Podshoh Zohir Bibris bilan
bo‘lib o‘tgan hodisa u zotning xulqlaridagi ana shu qirrani ochadi. Malik Zohir bir fatvoga
imzo chekish uchun u zotni chaqirtirdi. Imom hazratlari boshlariga kichikkina salla o‘rab
bordilar. Sallalariga qarab mensimasdan: «Ey shayx! Bu fatvoga imzo chek» dedi.
Ammo Imom bosh tortdilar. Podshoh g‘azab bilan: «Nima uchun?» deb so‘radi. Shunda
Shayx hazratlari: «Bu fatvoda og‘irlik keltiruvchi zulm bor» dedilar. Podshoh yanada
g‘azablanib: «Uni hamma vazifalaridan bo‘shatinglar» deb amr qildi. A’yonlar esa:
«Unda hech qanaqa vazifa yo‘q» deb javob berishdi. So‘ng podshoh qatl qilishni qasd
qildi. Lekin unga Alloh niyatini amalga oshirishga jur’at bermadi. «Nega o‘ldirmadingiz
bunaqa vaziyat boshqa bo‘lmaydi?» deyishganida podshoh: «Allohga qasamki uning
vajohati meni qo‘rqitib yubordi» deb javob berdi.
Bu ish Allohning fazlidir. Uni solih bandalaridan xohlaganiga beradi.
Imom Navaviy juda ko‘p kitob tasnif etganlar. Misol tariqasida ularning ba’zisini keltirib
o‘tamiz.
1. Sharhi Sahihi Muslim.
2. Irshod.
3. Taqrib va Taysiyr fiy ma’rifati sunanil Bashiyr an-Naziyr.
4. Tahziybul asmo val lug‘ot.
5. At-Tibyon fiy odobi hamlatil Qur’on.
6. Minhoji at-Tolibiyn.
7. Bustonil orifiyn lin-Navaviy.
8. Xulosatul ahkom fiy muhimmoti sunani va qavoidil islom.
9. Ravzatut tolibiyn va umdatul muftiyn.
10. Sharhul muhazzab.
11. Al- Azkor min kalami sayyidil abror.
12. Arba’iyn. (qo‘lingizdagi ushbu kitob).
13. Iyjoz.
14. Jomi’us-Sunna.
15. Muxtasaru Usdul g‘oba.
16. Vattarxis fil qiyomi liahlil fazl.
17. Va tahriyri alfozi tanbeh.
18. Val-fatovo.
19. Iyzoh.
20. Riyozus solihiyn
Quyidagi sunnat kitoblarini shayxlaridan eshitganlar:
1. Jomi’ as-sahih al-Buxoriy.
2. Sahihi Muslim.
3. Sunani Abu Dovud.
4. Jomi’ut Termiziy
5. Sunani Ibn Moja.
6. Sunani Nasaiy.
7. Muvatto Molik.
8. Musnadi Shofe’iy.
9. Musnadi Ahmad.
10. Musnadi Doramiy.
11. Musnadi Abu Ya’lo.
12. Sahihi Abu Avona.
13. Sunani Bayhaqiy.
14. Sharhi sunna lil Bag‘aviy.
15. Amalul yavm val layla li Ibn Sunniy.

Show More >

40 hadis. Imom an-Navaviy / What's New in vUnknown

Dasturning birinchi versiyasi!

Choose Download Locations for 40 hadis. Imom an-Navaviy vUnknown

40 hadis. Imom an-Navaviy / Tags

Share 40 hadis. Imom an-Navaviy At Social Media